Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp «Tolibon» yetakchilarini ranjitdi

«Tolibon» yetakchilari AQSh prezidentligi uchun saylovda respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lmish Donald Trampdan saylovoldi teledebati yakunida ranjishgan. Bu haqda Reuters xabar berdi.
«Tolibon»ning rasmiy vakillaridan biri Zabihulla Mujohidning aytishicha, harakat faollari AQShdagi saylov poygasini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Ekstremistlar nomzodlarning hech biri debat vaqtida Afg‘oniston hamda o‘z nomlari tilga olinmaganidan xafa bo‘lishgan.
Ularni ko‘proq Donald Trampning so‘zlari ranjitgan. Harakat rahbarlari uni nooqil odam sifatida qabul qilishgan va uni «boshiga nima kelsa, tiliga chiqaradigan nojiddiy odam» sifatida baholashgan.
Tolibonlar AQShning bo‘lg‘usi prezidenti o‘tmishdoshlarining xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqaruvchi siyosatchi bo‘lishiga umid bildirishgan va AQShning yangi prezidenti butun dunyoga agressiv siyosat qo‘llamasligi kerakligini aytishgan.
«Amerikaliklarning yangi rahbari oldida bir savol turadi: u pullarni Afg‘onistonda qon to‘kishda davom etish maqsadida sarflashda davom etadimi yoki afg‘on xalqiga o‘z muammolarini mustaqil hal qilishiga yo‘l qo‘yib beradimi? Agar bo‘lajak prezident AQShning tashqi siyosatida o‘zgarishlar yasamasa, tolibonlar qurol ko‘tarib amerikaliklarga qarshi chiqishda, ularni mamlakatdan haydab chiqarmaguncha urush olib borishda davom etadi», — degan Mujohid.
«Tolibon» harakati 1996-2001 yillarda Afg‘oniston hukumati tepasida turgan. 2001 yilning 11 sentabri voqealaridan keyin AQSh bu mamlakatga qo‘shin kiritib, hukumatni almashtirgan. Butunlay tor-mor bo‘lmagan tolibonlar partizanlik urushini davom ettirmoqda. 2011 yilda mamlakatdan AQSh va ittifoqchilarining qo‘shinlari olib chiqib ketilishi jarayoni boshlangandi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sea Breeze Uzbekistan loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi - ekologiya vaziri
O‘zbekiston | 21:40
-
Yakuniga yetgan imtihonlar, Chorvoq va Sheroboddagi o‘rmon yong‘inlari – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 21:15
-
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
Jahon | 21:02
-
Defitsit qisqargan, gaz va oltin sotish ko‘paydi – O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
Iqtisodiyot | 20:22
Mavzuga oid

15:02 / 18.07.2025
Oq uy: Trampda surunkali venoz yetishmovchiligi bor

13:56 / 04.07.2025
AQSh Kongressi Trampning «katta ajoyib» qonun loyihasini qabul qildi

11:06 / 04.07.2025
Kiyevga tungi hujum: 20 dan ortiq kishi jabrlangan, temiryo‘l shikastlangan

10:26 / 04.07.2025