Kuba va AQSh o‘rtasida aviaqatnovlar tiklanadi

AQSh va Kuba o‘rtasidagi birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri doimiy qatnovlar 31-avgustdan yo‘lga qo‘yiladi. Uni, Amerikaning JetBlue aviakompaniyasi samolyoti Fort-Loderdeyl (Florida)dan Santa-Klaraga parvoz qilish bilan boshlab beradi, deya ma'lum qilgan Kuba transport vaziri o‘rinbosari Eduardo Rodriges.
"Parvozlarni qayta tiklash ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash jarayoniga qo‘shilgan hissadir ", — deya Rodriges so‘zlarini keltiradi Globovision.
Mazkur parvoz, 1963-yildan beri ilk marta amalga oshirilayotgani bilan e'tiborlidir. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, halqaro parvozlar soni Kubaning har bir xalqaro aeroportidan 10tadan jami 110 tani tashkil etishi mumkin. Biroq, hozircha Havanaga parvoz qilish masalasi oxirigacha hal etilganicha yo‘q. Shu bilan birga, 29- oktabrgacha parvozlarning umumiy soni kuniga 11tani tashkil etadi.
Mavzuga oid

23:12 / 24.06.2025
AQSh O‘zbekiston fuqarolarining viza arizalarini qariyb 65 foizini rad etdi

21:21 / 24.06.2025
«Ular nima qilayotganini bilmaydi» - Tramp Erondan ham, Isroildan ham mamnun emas

20:50 / 24.06.2025
Tramp Isroil va Eron o‘rtasidagi ziddiyatni sharhlab, haqoratli so‘zlarni ishlatdi

19:30 / 24.06.2025