Shimoliy Koreya suv osti kemasidan ballistik raketa uchirdi

Shimoliy Koreya Sharqiy-Xitoy dengizida suv osti kemasidan ballistik raketa uchirdi. Bu haqda "Ryonxap" axborot agentligi iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
Janubiy koreyalik harbiylarning ma'lum qilishicha, Shimoliy Koreya 2011 yilda hokimiyat tepasiga Kim Chen In kelgandan keyin BMT Xavfsizlik kengashi taqiqloviga qaramasdan 30 dan ko‘proq raketa uchirgan.
Yaponiya mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, raketa bir necha yuz kilometr uchib o‘tib, Yapon dengiziga tushgan.
Raketa mahalliy vaqt bilan 24 avgust ertalab Xamgen-Namdo viloyatidagi Sinpxo port shahri yaqinidan uchirilgan.
Ushbu raketa uchirilishi Pxenyanning AQSh va Janubiy Koreyaning 22 avgustda boshlangan birgalikdagi o‘quv mashg‘ulotlariga javobi bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid

17:19 / 10.03.2025
KXDR Sariq dengiz tomon ballistik raketalar uchirdi

14:08 / 07.02.2025
Shimoliy Koreya Ukrainadagi urush tufayli o‘z raketalari aniqligini oshirdi

16:30 / 02.02.2025
Eron yangi turdagi ballistik raketa va HHM tizimini namoyish etdi

14:55 / 25.01.2025