AQShda og‘ufurush chol qiyofasida politsiya taqibidan qochmoqchi bo‘ldi

AQShda qidiralayotgan og‘ufurush politsiya taqibidan qochish maqsadida chol qiyofasiga kirishga qaror qildi. Jinoyatchi qisman buning uddasidan chiqdi.
Grim shunchalik omadli chiqqanki, politsiyachilar jinoyatchi bilan suhbatlashishganiga qaramasdan, uni darrov taniy olishmagan.
Politsiya xodimlari jinoyatchi Shon Millerning uyiga kelganlarida, ostonada 31 yoshli erkak o‘rniga cholni ko‘rishgan. Bunday holatdan politsiyachilar biroz esankirab qolishgan.
Biroq keyinroq zobitlar ularning to‘g‘risida aslida kim turganini fahmlashgan.
Jinoyatchining uyi tintuv qilinganda ikkita o‘qotar qurol va 30 ming dollar aniqlangan.
Ta'kidlash joizki, oxirgi vaqtlar AQShda mashhur sportchilar chollar ko‘rinishida grimlanayotgan ijtimoiy pranklar avj olgan. Ko‘rinishicha, jinoyatchi aynan shunday lavhalarni ko‘rib, chol qiyofasiga kirishga qaror qilgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid

19:11
Tramp prezidentligi davrida 30 mingdan ortiq migrant hibsga olindi

17:39
O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi AQShdagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

15:45
AQShda 130 yil muqaddam cho‘kib ketgan kema qoldiqlari topildi

11:15