Basketbolchi Maykl Jordan AQShdagi "tinchlik muloqoti"ga 2 mln dollar ajratdi

Foto: EPA
Amerika basketbolining afsonasi Maykl Jordan afroamerikaliklar va politsiya munosabatlaridagi keskinlikni yumshatish hamda mamlakatni jipslashtirish uchun "tinchlik muloqoti" o‘tkazishga chaqirdi.
Basketbolchi The Undefeated internet nashrida chop etilgan maqolasida, ikkita tashkilot: yaqinda AQSh politsiyasi rahbariyati tomonidan tashkil etilgan Politsiya va aholi o‘rtasidagi munosabatlar instituti hamda Rangli aholi taraqqiyotiga ko‘maklashish milliy uyushmasi qoshidagi Yuridik himoya jamg‘armasi (NAACP)ga bir million dollardan xayriya mablag‘i o‘tkazganini ma'lum qilgan. Ushbu mablag‘lar, AQShning qoratanli fuqarolari va mamlakat huquq-tartibot idoralari o‘rtasidagi "o‘zaro hurmat va ishonch"ni mustahkamlashga qaratilgan loyihalarga yo‘naltirilishi kerak.
Maykl Jordan – Basketbol bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioni, MBAning olti karra chempioni hisoblanadi.
Mavzuga oid

15:50 / 06.06.2020
Maykl Jordan qora tanlilarni qo‘llab-quvvatlash uchun 100 million dollar xayriya qiladi

15:20 / 20.05.2020
Maykl Jordanning krossovkasi auksionda 560 ming dollarga sotildi

20:39 / 24.02.2019
Afsonaviy Maykl Jordan surati tushirilgan kartochka 350 ming dollarga sotildi

21:30 / 08.09.2018