Braziliyalik qo‘shiqchi Kaetanu Velozu Rio Olimpidasi ochilishida ishtirok etadi

Foto: picssr.com
Braziliyalik taniqli qo‘shiqchi va bastakor Kaetanu Velozu Rio-de Janeyro shahrida bo‘lib o‘tajak Olimpiada o‘yinlari ochilish marosimida qatnashadi, deb xabar qilmoqda Folha de Sao Paulo gazetasi. Velozu bir necha yirik xalqaro sovrinlar, xususan "Gremmi" mukofoti sovrindori ham hisoblanadi.
Velozu bilan birga tantanali ochilish marosimida 2003-2008 yillarda Braziliya madaniyat vaziri vazifasini bajargan musiqachi Jilbertu Jil va qo‘shiqchi Anitta ham sahnaga chiqadi.
Olimpiya o‘yinlari tashkilotchilari, Olimpiya mash'alasini yoquvchi kishining ismi-sharifini qattiq sir tutmoqda.
Folha de Sao Paulo nashrining yozishicha, umuman ochilish marosimi tantanalari 3 soatga yaqin davom etadi.
XXXI (31-) yozgi Olimpiada o‘yinlari 2016-yil 5-21-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur sport anjumani tarixda ilk bor Janubiy Amerikada tashkil etilmoqda. Paralimpiada 7-18-sentabr kunlariga belgilangan.
Mavzuga oid

21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi

10:15 / 10.04.2025
Bastakorning miyasi o‘limdan keyin kuy «yaratishda» davom etmoqda

20:33 / 13.01.2025
Parij Olimpiadasining ko‘plab medallari nuqsonli bo‘lib chiqdi

14:20 / 21.12.2024