AQSh honduraslik 6 nafar politsiyachini giyohvand moddalarni olib kirishda ayblamoqda
Amerika hukumati Honduras politsiyasining 6 nafar xodimini, yirik miqdordagi narkotik moddalarni AQShga olib kirishda ko‘mak berganlikda gumon qilib, sirtdan aybladi. Bu haqda, Nyu-York shtati janubiy okrugi prokuraturasi saytida rasman xabar qilingan.
Shu mazmundagi murojaat, Nyu-Yorkning Manhetten tumani federal okrug sudiga topshirilgan. Honduras fuqarolari "AQShga kokain olib kirishga til biriktirish" va "o‘qotar qurol bilan bog‘liq jinoyat"ni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Janubiy okrug prokurori Prit Bxararaning aytishicha, politsiyachilar 2004 yildan 2014 yilgacha mazkur jinoyatlarni sodir etgan. Narkotik moddalar esa, Honduras orqali Venesuela va Kolumbiyadan yetkazilgan. Shundan so‘ng, moddalar Gvatemala chegarasiga olib kelingan va AQShga o‘tkazilgan. Hozirda politsiya xodimlari qidiruvga berilgan.
Mavzuga oid

17:39
O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi AQShdagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

15:45
AQShda 130 yil muqaddam cho‘kib ketgan kema qoldiqlari topildi

11:15
Rubio: Yevropa Ittifoqi sanksiyalari Ukraina bo‘yicha muzokaralar mavzusi bo‘lishi mumkin

09:10