Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
Yomg‘ir chuvalchanglari BAAga tuproq sifati va unumdorligini oshirish, biogumus ishlab chiqarish uchun kerak.

Foto: Rosselxoznadzor
Rossiyaning Sverdlovsk oblastidan Birlashgan Arab Amirliklariga 379 kilogramm tirik yomg‘ir chuvalchangi yuborildi. Bu haqda Rosselxoznadzorning mintaqaviy bo‘linmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, chuvalchanglar BAAga tuproq sifati va unumdorligini oshirish, biogumus ishlab chiqarish uchun kerak.
Chuvalchanglar organik chiqindilarni vermikompostga aylantiradi, uning tarkibida esa 1,5 foizgacha azot, 0,5 foiz fosfor va 0,5 foiz kaliy, shuningdek, o‘simliklar o‘sishi uchun zarur bo‘lgan mikroelementlar mavjud.
Ma’lumotlarga ko‘ra, chuvalchanglar Yekaterinburgdagi vermifermada (oziq-ovqat chiqindilarini o‘simliklar uchun maxsus o‘g‘it — biogumusga aylantirish uchun maxsus yopiq idishlar) ko‘paytirilgan. Yuk tegishli veterinariya hujjatlari bilan birgalikda jo‘natilgan.
Ta’kidlanishicha, yomg‘ir chuvalchanglarini ko‘paytirish — daromadli biznes yo‘nalish hisoblanadi. Ularni tirik holatda nafaqat qishloq xo‘jaligi maqsadlarida, balki baliqlar uchun ozuqa sifatida ham xarid qilishadi. Ayrim davlatlarda esa chuvalchanglardan farmatsevtika maqsadida foydalaniladi.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda 64-sonli avtobus yonib ketdi
O‘zbekiston | 15:32
-
Kamchatkada 7,2 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Jahon | 14:53
-
Ko‘paygan suvda cho‘kishlar, ruhiy «nosog‘lom» mintaqa, shifokorlarga hujum va Rog‘un GESidan 20 yillik shartnoma
Jahon | 14:06
-
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi
Jahon | 13:47
Mavzuga oid

20:31 / 16.07.2025
O‘zbekiston eng xavfsiz davlatlar reytingida 25-o‘rinni egalladi

15:18 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

20:03 / 07.07.2025
Saida Mirziyoyeva Zoyid nomidagi xalqaro mukofotning hakamlar hay’atiga kiritildi

22:12 / 25.06.2025