Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud Trampning migrantlarni chiqarib yuborish rejasini rad etdi
Donald Tramp ma’muriyatining muhojirlarni Liviya va Salvadorga deportatsiya qilish taklifi sudyalar orasida xavotir uyg‘otdi. Avvalroq Oq uy noqonuniy muhojirlar uchun «ixtiyoriy deportatsiya» dasturi boshlangani haqida ma’lum qilgandi.

Foto: Jose Luis Gonzalez/REUTERS
Boston sudi AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining muhojirlarni Liviya va Salvadorga deportatsiya qilish haqidagi taklifini rad etdi. Bu haqda 17 may, shanba kuni Reuters agentligi xabar berdi. Uch sudyadan iborat hay’at Ichki xavfsizlik departamentining bunday deportatsiyalar bo‘yicha siyosatidan xavotir bildirdi va agar chiqarib yuborishlar noqonuniy deb topilsa, «tuzatib bo‘lmaydigan zarar» ehtimoli haqida ma’lum qildi.
Fevral oyida Salvador rasmiylari Qo‘shma Shtatlar tomonidan deportatsiya qilingan muhojirlarni, shuningdek, Qo‘shma Shtatlarda zo‘ravonlik jinoyatlarida ayblanganlarni qabul qilib, mahalliy qamoqxonaga joylashtirishga rozi bo‘ldi.
Avvalroq Oq uy noqonuniy muhojirlar uchun «ixtiyoriy deportatsiya» dasturi boshlangani haqida ma’lum qilgandi. Uning doirasida AQShda noqonuniy yashayotgan muhojirlar Immigratsiya va bojxona politsiyasi bilan bog‘liq muammolardan qochib, o‘z vatanlariga qaytishlari uchun moliyaviy va tashkiliy yordam olishlari mumkin bo‘ladi.
Ixtiyoriy deportatsiya uchun CBP Home ilovasidan foydalanadigan har qanday migrant u orqali 1000 dollar stipendiya oladi. Pul uning vataniga qaytishi tasdiqlanganidan keyin to‘lanadi, deya ma’lum qildi AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi.
Vazirlik rahbari Kristi Noemning fikricha, bunday tartib amerikalik soliq to‘lovchilar uchun deportatsiya xarajatlarining 70 foizini tejashga yordam beradi. Hozirda noqonuniy muhojirni hibsga olish, qamoqda saqlash va deportatsiya qilish uchun o‘rtacha xarajat 17 ming dollardan oshadi, deyiladi idora xabarida.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
Jahon | 01:24
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
Mavzuga oid

20:43 / 11.08.2025
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?

18:53 / 11.08.2025
Tramp aqliy imkoniyat testini “a’lo”ga topshirganini aytdi

16:35 / 11.08.2025
“Katta umidlar yo‘q” - siyosatshunoslar Tramp va Putin uchrashuvi haqida

11:51 / 11.08.2025