Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada budjetdan ajratilgan subsidiya talon-toroj qilingani aniqlandi
Davlat budjetidan ajratilgan subsidiya mablag‘lari ayrim mansabdor shaxslar tomonidan talon-toroj qilingani fosh etildi.
Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, Farg‘ona shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limining mansabdor shaxslari tomonidan 29 nafar haqiqatda ishsiz bo‘lmagan shaxslarga 145 mln so‘mlik subsidiyalar asossiz ravishda berilganligi aniqlandi.
Subsidiya ajratish haqida murojaat qilmagan 8 nafar shaxslarga 34,2 mln so‘mlik subsidiyalar qonunga xilof ravishda ajratilgani ma’lum bo‘ldi.
Subsidiya olish uchun haqiqatda murojaat qilmagan fuqarolar nomiga ularning xabarisiz go‘yoki ularga subsidiya asosida 21 mln so‘mlik tikuv mashinalari berilganligi haqida soxta hujjatlar rasmiylashtirilib, mahsulotlar o‘zlashtirilgan.
Oqibatda mansabdor shaxslar va boshqalar tomonidan 213 mln so‘mlik juda ko‘p miqdordagi davlat budjeti hisobidan ajratilgan subsidiya mablag‘lari talon-toroj qilingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (firibgarlik juda ko‘p miqdorda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bastakor Sultonali Rahmatov vafot etdi
Jamiyat | 22:59
-
ChatGPT bilan muloqotlar sud talabi bilan hukumat topshirilishi mumkin
Jahon | 22:55
-
Rossiya Tergov qo‘mitasi «Krokus» terakti tashkilotchilarini aniqladi
Jahon | 22:40
-
«Qo‘lga tushgan» tizim: selektor voqeasi muammoga ko‘zgu tutdi
O‘zbekiston | 22:31
Mavzuga oid

20:02 / 14.07.2025
Interpol qidiruvida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini AQShda qo‘lga oldi

15:44 / 14.05.2025
Baliqchida mas’ullar budjet mablag‘larini soxta hujjatlar bilan o‘zlashtirgani aniqlandi

09:14 / 05.04.2025
Elektr tarmoqlari korxonasi xodimi 1 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qildi

16:08 / 28.03.2025