Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh migrantlar uchun Amerika fuqaroligini beradigan realiti-shou o‘tkazadi
Ishtirokchilar boshqa narsalar qatori, San-Fransisko hududidagi konlarda oltin qazib olish va Detroytdagi konveyerda Ford Model T avtomobilini yig‘ishda musobaqalashadi.

Foto: AP
AQSh ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem bir guruh migrantlar turli sinovlar orqali Amerika fuqaroligini oladigan realiti-shou g‘oyasini ilgari surmoqda. Bu haqda Daily Mail nashri Noem tomonidan tayyorlangan 35 betlik taqdimotga asoslanib xabar berdi.
Shouning taxminiy nomi - «Amerikalik». Daily Mail tomonidan e’lon qilingan taqdimot slaydlaridan biri shouning formatini belgilaydi: Har bir epizodda «meros bilan bog‘liq sinov», «yutqazgan chiqib ketadigan sinov», shahar meriyasida uchrashuv va yakuniy ovoz berish jarayoni bo‘lishi kerak. Ovozlar Noem taklifiga ko‘ra, AQSh Fuqarolik va Immigratsiya Xizmatlari xodimlari tomonidan hisoblanadi.
Ko‘rsatuv boshlovchisi, ijodkorlarning fikriga ko‘ra, fuqarolikka qabul qilingan taniqlik amerikaliklardan biri (masalan, Ukrainada tug‘ilgan aktrisa Mila Kunis) bo‘lishi kerak.
Ishtirokchilar Amerika bo‘ylab sayohat qilishi, har bir shtatning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishishi va nima uchun Qo‘shma Shtatlarga ko‘chib o‘tishni istayotganini tushuntirishi kerak. Ular o‘tishi kerak bo‘lgan sinovlar qatoriga, masalan, San-Fransisko hududidagi konlarda oltin qazib olish va Detroytdagi konveyerda Ford Model T avtomobilini yig‘ish ham bor.
Finalda g‘olib bo‘lgan shaxs fuqarolikni oladi va Kapitoliy zinapoyasida qasamyod qiladi. Qolgan ishtirokchilar esa 10 ming dollarlik Starbucks sovg‘a kartasi yoki 76 oktanli benzinning umrlik zaxirasi bilan ta’minlanadi. Shuningdek, tegishli tekshiruvdan so‘ng fuqarolikka ariza berishda afzalliklarga ega bo‘ladi.
Ichki xavfsizlik vazirligi vakili Trisha Maklaflin shou g‘oyasi muhokama qilinayotganini tasdiqladi, biroq Noem taqdimotni hali ko‘rmaganini ta’kidladi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

23:01 / 22.07.2025
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi

19:00 / 22.07.2025
AQSh yana YuNeSKO tarkibidan chiqadi

18:57 / 22.07.2025
AQShda Martin Lyuter Kingning o‘ldirilishiga oid tergov hujjatlari oshkor etildi

08:18 / 22.07.2025