Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik yosh mutaxassislar Germaniyadagi korxonalarga ishga jalb etiladi
O‘zbekiston elchixonasida Germaniyaning Brandenburg federal o‘lkasining xalqaro hamkorlik bo‘yicha mas’ul davlat kotibi Devid Kolesnik bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda sarmoyaviy, savdo-sotiq, turizm va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirish masalalar muhokama qilindi.
Tomonlar ishbilarmonlik aloqalarini faollashtirish va o‘zaro biznes-missiyalarini tashkil etish, O‘zbekiston va Germaniyada, jumladan, Savdo-sanoat palatalari ko‘magida tashkil etilgan yirik forumlarda ishtirok etish muhimligini ta’kidladilar. Bu ham ikki mamlakat xususiy sektori vakillari o‘rtasidagi sheriklik tashabbuslarini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Madaniyat va ta’lim sohasidagi hamkorlik yuqori baholandi. Potsdam amaliy fanlar universiteti va Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti o‘rtasida tarixiy shahar mavzelarini saqlash va yanada rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilgani aytib o‘tildi.
Bu o‘zaro hamkorlik akademik harakatchanlikni rivojlantirish, tajriba almashish va ilmiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilayotir.
Muzokaralar chog‘ida o‘zbekistonlik yosh mutaxassislarni Brandenburg shahridagi sanoat korxonalari va xizmat ko‘rsatish sohasiga ishga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar ushbu yo‘nalishda barqaror va tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jumladan, malakali kadrlar tayyorlash va til bilish ko‘nikmalari oshirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirdilar.
Uchrashuv yakunida hududlararo hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan aniq qo‘shma tashabbuslarni amaliy amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
Mavzuga oid

14:07 / 12.07.2025
Mers Ukrainaning tiklanishi uchun zarur shartlarni sanab o‘tdi

12:30 / 12.07.2025
Ukrainada Germaniya hisobidan uzoq masofali raketalar ishlab chiqariladi

16:30 / 11.07.2025
Mers Rossiyadan Ukrainaga yetkazilgan zarar uchun 500 mlrd yevro to‘lashni talab qildi

12:30 / 11.07.2025