Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
Buxorodagi avtoturargohda Captiva, Lacetti va Nexia-2 transport vositalari qisman yonib ketdi.

Foto: Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Buxoro shahrida uchta avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 12 may kuni soat 11:45 da «Fitrat» MFY, Mirakon ko‘chasida joylashgan avtoturargohda yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan. Voqea joyiga uchta yong‘in-qutqaruv avtoekipaji jalb qilingan va ular yong‘inni bartaraf etgan.
Hodisa oqibatida Lacetti, Captiva va Nexia-2 rusumli avtomobillari qisman yongan.
«Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda. Yong‘in oqibatida fuqarolarning kuyish tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Toshkentda daraxtga urilgan BYD yonib ketgani, shuningdek, Yashnobod tumanida Damas va Cobalt avtomobillari yongani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

20:13 / 04.07.2025
Buxoro viloyati sobiq hokimi Damir Yadgarov vafot etdi

16:16 / 04.07.2025
Taxtaqoracha dovonida yong‘in chiqdi

14:31 / 04.07.2025
Stolda pichoq, uning oldida mast odam, xodim telefon “titib” o‘tiribdi – Buxorodagi hodisada kim antiqahramon?

10:04 / 04.07.2025