Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaman husiylari Trampni yolg‘onchilikda aybladi
AQSh «taslim bo‘lgan» husiylarga zarba berishni to‘xtatadi, dedi Tramp. Husiylar uning so‘zlarini yolg‘on deb atadi.

Foto: AP
Yaman husiylari siyosiy byurosi a’zosi Zayfulla ash-Shomiy Al-Mayadeen nashri bilan suhbatda AQSh prezidenti Trampning «husiylar taslim bo‘lgani» haqidagi so‘zlarini rad etdi. U Tramp jamoasi bilan rasmiy aloqalari yo‘qligini va AQSh prezidentining o‘zi esa «yolg‘on gapirayotganini» ta’kidladi.
6 may kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Yaman husiylari endi jang qilishni istamayotgani, shuning uchun Qo‘shma Shtatlar ularning pozitsiyalariga zarba berishni to‘xtatishini aytdi.
«Husiylar endi jang qilishni xohlamasligini e’lon etishdi yoki hech bo‘lmaganda bizga e’lon qilishdi. Ular shunchaki jang qilishni xohlamayapti. Va biz buni hurmat qilamiz. Va biz bombardimon qilishni to‘xtatamiz, ular taslim bo‘ldi, lekin muhimi, biz ularning so‘zlariga ishonamiz. Ular endi kemalarni portlatib yubormasligini aytdi. Va bu bizning harakatlarimizdagi asosiy maqsad edi», dedi Tramp.
AQSh prezidentining qo‘shimcha qilishicha, Amerika harbiylari husiylar pozitsiyalarini bombardimon qilishni darhol to‘xtatadi.
CNN xabariga ko‘ra, Trampning bayonoti so‘nggi kunlarda AQSh, Ummon va husiylar o‘rtasida diplomatik faollikning kuchayishi ortidan sodir bo‘ldi.
Ummon tashqi ishlar vaziri Badr al-Busaidiy ijtimoiy tarmoqda «kelajakda hech bir tomon Qizil dengiz va Bob al-Mandib bo‘g‘ozida xalqaro tijorat navigatsiyasi erkinligini ta’minlagan holda bir-biriga, jumladan AQSh kemalariga ham hujum qilmasligini» yozdi.
Husiylar – yamanlik shia jangari harakati bo‘lib, rasman «Ansorulloh» nomi bilan tanilgan. Ular Yaman hukumatiga qarshi, shuningdek, Saudiya Arabistoni va uning ittifoqchilariga faol qurolli qarshilik ko‘rsatadi, Isroilni asosiy dushmani deb hisoblaydi. Husiylar Qizil dengizda kemalarga hujum qilish orqali dengiz navigatsiyasini deyarli to‘xtatib qo‘ygan edi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Prezident Chilonzor tumanidagi loyihalar bilan tanishdi
O‘zbekiston | 20:50
-
Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumanidagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga tashrif buyurdi
O‘zbekiston | 20:35
-
Yevropa komissiyasi Ukrainani qayta tiklash jamg‘armasi tashkil etilishini e’lon qildi
Jahon | 20:32
-
Olmaotada o‘zbekistonliklar halok bo‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha sud hukmi chiqarildi
Jahon | 20:30
Mavzuga oid

18:20
Rubio Lavrov bilan Ukrainadagi urushga barham berish bo‘yicha «yo‘l xaritasini» muhokama qildi

16:48
To‘qayev Trampning 25 foizlik bojlar haqidagi maktubiga javob yo‘lladi

15:41
AQSh maxsus xizmatlari sobiq rahbarlari ustidan tergov boshlandi

13:37