Toshkentda YTH oqibatida Epica avtomobili yonib ketdi
Joriy yilning 6 may kuni soat 23:56 da Toshkent shahar Yangihayot tumani, Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida Epica va Spark rusumli avtomobillar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Foto: FVB
Toshkent shahar FVB xabariga ko‘ra, YTH natijasida Epica rusumli avtomobil yonib ketgan. Bu haqda Toshkent shahar FVBga ma’lumot kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 00:06 da yetib borib, yong‘in soat 00:08 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

23:30 / 24.06.2025
Surxondaryo viloyati FVBga yangi boshliq tayinlandi

11:26 / 24.06.2025
Qibrayda yo‘lovchi tashuvchi avtobus YTHga uchradi

17:57 / 21.06.2025
O‘rta Chirchiqda hojatxonaga tushib ketgan bolani qutqargan yigit taqdirlandi

20:28 / 18.06.2025