NATO bosh kotibi: Mersning yetakchiligi Yevropa uchun juda muhim
Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyen Germaniyaning yangi kanslerini «Yevropa bo‘yicha ishonchli do‘st va mutaxassis» deb atagan bo‘lsa, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Fridrix Mersni «fransuz-german dvigatelini yana bir bor kuchaytirishga» chaqirdi.

Foto: Florian Gaertner / imago-images.de / Global Look Press
Davlat rahbarlari va nufuzli xalqaro tashkilotlar 6 may, seshanba kuni Xristian-demokratik ittifoq yetakchisi Fridrix Mersni Germaniya kansleri lavozimiga saylangani bilan tabrikladi.
Xususan, NATO bosh kotibi Mark Ryutte X ijtimoiy tarmog‘ida Mersga murojaat qilib, shunday deb yozdi: «Sizning yetakchiligingiz biz tiyib turish va himoya qilishga — xalqlarimiz xavfsizligini ta’minlashga tayyorligimiz ustida ishlayotganimizda juda muhim bo‘ladi». Ryutte Germaniyaning yangi kansleri bilan ishlashni «intizorlik bilan kutayotganini» aytdi va iyun oyida Gaagada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Shimoliy Atlantika alyansi sammitiga tayyorgarlikni eslatdi.
Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen Mersni «ishonchli do‘st va Yevropa bo‘yicha mutaxassis» deb atadi. «Biz kuchliroq va raqobatbardosh Yevropani yaratish uchun birgalikda harakat qilamiz», dedi u.
Mavzuga oid

10:20 / 11.06.2025
Mers Rossiyani Ukrainadagi og‘ir urush jinoyatlarida aybladi

15:01 / 06.06.2025
Tramp Rossiya va Ukraina haqida: «Ba’zida bolalarga biroz mushtlashishga qo‘yib bergan ma’qul»

10:23 / 06.06.2025
Mers Trampga Ukrainadagi urushni birgalikda tugatishni taklif qildi

10:17 / 02.06.2025