"Toshkent-Madrid" yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlari yo‘lga qo‘yildi
Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi "Toshkent-Madrid" yo‘nalishidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshladi.

Foto: Dunyo
Havo qatnovlarining ochilish marosimi Adolfo Suares nomidagi Madrid-Baraxas aeroportining 1-terminalida bo‘lib o‘tdi va unda O‘zbekiston elchisi Farrux Tursunov va aviakompaniya mutasaddilari ishtirok etdi.
Toshkent va Madrid o‘rtasidagi parvozlar sakkiz soatni tashkil qiladi. Yangi yo‘nalish Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi tarmog‘idagi eng uzun masofalardan biriga aylandi. Parvozlar haftada bir marta – dushanba kuni amalga oshiriladi.
Ushbu havo qatnovlari O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasidagi madaniy almashinuv, turizmni rivojlantirish va savdo-iqtisodiy hamkorlik uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochishi kutilyapti.
Mavzuga oid

00:25
Air Arabia O‘zbekistonga va yana to‘qqizta davlatga parvozlarni to‘xtatdi

16:29 / 13.06.2025
Toshkentdan xorijga bir necha aviareyslar bekor qilindi

13:35 / 11.06.2025
O‘zbekistonda iyun oxiridan ichki aviaqatnovlar soni ko‘payadi

15:01 / 24.05.2025