Polshada Norvegiyaning eng badavlat insonlaridan biri YTH oqibatida halok bo‘ldi
Ichida 42 yoshli biznesmen bo‘lgan Jaguar avtomobili noma’lum sabablarga ko‘ra, daraxtga borib urilgan.

Foto: Nova Sea
Polshada yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida Norvegiyaning eng badavlat fuqarolaridan biri, baliqchilik sanoati magnati Vigner Lindal Olaysen halok bo‘ldi, deb xabar beradi RMF FM.
Qayd etilishicha, avariya Gura-Kalvariya va Kobel aholi punktlari o‘rtasidagi 50-sonli trassada sodir bo‘lgan. Ichida 42 yoshli biznesmen bo‘lgan Jaguar avtomobili noma’lum sabablarga ko‘ra, daraxtga urilgan.
Vigner Lindal Olaysen 1972 yilda otasi tomonidan asos solingan Nova Sea kompaniyasiga egalik qilib kelardi. Kompaniya losos balig‘ini yetishtirish va qayta ishlashga ixtisoslashgan. 2025 yil boshida Olaysen Nova Sea’ni losos yetishtiradigan dunyodagi eng katta kompaniya — Norvegiyaning Mowi konserniga qariyb 750 million dollarga sotgan edi.
Mavzuga oid

17:16 / 02.06.2025
Polsha prezidentlik saylovida Karol Navrotski g‘alaba qozondi

09:30 / 02.06.2025
Ekzitpol: Polsha saylovlarida konservator Navrotskiy yetakchilik qilmoqda

11:44 / 19.05.2025
Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi

16:03 / 17.05.2025