O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
O‘zbekistonda 2025–2029 yillar davomida zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi (arxiv)
“O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarorida qayd etilishicha, Islom taraqqiyot banki, Rivojlanish uchun islom birdamlik jamg‘armasi va Ta’lim bo‘yicha global hamkorlik tashkilotidan 200,25 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larni jalb qilish orqali O‘zbekistonda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish maqsad qilingan.
2025—2029 yillarda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab qurish va 72 mingtadan ziyod qo‘shimcha o‘quv o‘rinlarini yaratish orqali sohadagi navbatlilik koeffitsiyentini kamaytirish rejalashtirilmoqda. Kamida 500 nafar nogironligi bor o‘quvchilar uchun inklyuziv ta’lim sharoitlarini yaratish ko‘zda tutilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari taklifiga asosan yangi maktablar qurilishi soniga va quvvatiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish, kompetensiyalarga asoslangan ta’lim tamoyillarini joriy etish, laboratoriya mashg‘ulotlarini STEM standartlariga muvofiq tashkil qilish ham belgilanmoqda. Xalqaro talablar va yondashuvlar asosida 36 ming nafar pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanishi ta’minlanib, malaka oshirishning “aralash o‘qitish” modeli joriy qilinadi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Buxoro viloyati hokimi hujjati yo‘q binoni “ichidagi odami bilan ko‘mib tashlash”ni buyurdi
O‘zbekiston | 21:52
-
Rossiya may oyida Ukrainada deyarli rekord darajada ko‘p hududni egalladi – WSJ
Jahon | 21:34
-
Tarixda birinchi marta Quyoshning janubiy qutbi suratga olindi
Jahon | 21:33
-
Propiskaning qaytishi, kutilganidan tezroq inflatsiya - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 21:27
Mavzuga oid

20:55
“1 soatda bitadigan muammoni 1,5 yildan beri cho‘zishmoqda” – Zangiotada tayyor yangi maktab ish boshlamayapti

17:14 / 11.06.2025
Imtihon javoblarini 5 ming so‘mdan sotgan maktab o‘qituvchisi ishdan olindi, direktorga esa ta’sir chorasi qo‘llandi

13:05 / 11.06.2025
Toshkentdagi davlat maktabida pulli sinf ochildi. Maktab direktori bu yangilik emasligini aytdi

12:55 / 09.06.2025