Tramp amaldorlarga Signal messnejyeridan foydalanmaslikni tavsiya qildi
Shuningdek, AQSh prezidenti maxfiy ma’lumotlarni oila a’zolari bilan Signal chatida muhokama qilgan Pentagon rahbari «es-hushini yig‘ib olishiga» umid bildirdi.

Foto: Getty Images
AQSh prezidenti Donald Tramp The Atlantic’ka bergan intervyusida Signal messenjerining ikkita chatida ma’lumotlar sizib chiqqani to‘g‘risidagi xabarlarga izoh berdi.
Nashrning yozishicha, Amerika prezidenti o‘z ma’muriyati xodimlariga maxfiy ma’lumotlar muhokamasida messenjerdan foydalanmaslikni tavsiya qilgan.
«Balki shunchaki Signal’dan foydalanmaslik kerakdir, ok?», — deydi Donald Tramp.
Shuningdek, AQSh prezidenti Pentagon rahbari Pit Hegset «es-hushini yig‘ib olishiga» umid bildirdi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Hegset AQSh Harbiy-havo kuchlarining husiylarga hujumini xotini, akasi va advokati bo‘lgan chatda muhokama qilgan. Shu bilan birga, Oq uy ushbu ma’lumotni rad etgan.
The New York Times, CNN va Reuters manbalarining ma’lum qilishicha, Pit Hegset AQSh zarbalarini o‘z nomzodi Kongressda tasdiqlanishidan oldin ochilgan Signal chatida muhokama qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, suhbat davomida uning qarindoshlari va maslahatchilari harbiy samolyotlarning parvozlariga oid jadvallar bilan ham bo‘lishgan.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida Hegset Oq uyning yuqori martabali amaldorlari bilan Signal chatida Yamandagi husiylarga qarshi kampaniya tafsilotlarini baham ko‘rgani ma’lum bo‘lgandi, ular orasida tasodifan The Atlantic jurnali bosh muharriri Jyeffri Goldberg ham bo‘lgan. Uni chatga AQSh prezidentining milliy mudofaa bo‘yicha maslahatchisi Maykl Uolts tasofidan qo‘shgan. Chatda Amerika rasmiylari Yaman husiylariga qarshi harbiy operatsiyani muvofiqlashtirgan.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00
-
9 iyun yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:42
-
Saida Mirziyoyeva AQSh davlat kotibi yordamchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston | 22:38
-
Italiyalik erkak bir yil davomida ish joyidan salkam 2 kilo oltin o‘g‘irladi
Jahon | 22:21
Mavzuga oid

20:46
Tramp Los-Anjyelesdagi namoyishlarni bostirishga harakat qilmoqda – fotosuratlar

18:40
Tramp agar Mask demokratlar tomoniga o‘tsa, uni jazolashga va’da berdi

15:20
«Tramp aralashmaguncha bizda muammo yo‘q edi». Kaliforniya gubernatori Los-Anjyelesdan harbiylarni chaqirib olishni talab qildi

08:00