Zangiotadagi gilam do‘konida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
Ayni vaqtda favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va FVV rahbariyati voqea joyiga yetib borgan. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, qariyb bir soat ichida yong‘in bartaraf qilindi, fojia oqibatida tan-jarohati olgan va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Foto: Videodan kadr
26 aprel kuni taxminan 9:00 va 10:00 lar oralig‘ida Toshkent viloyati Zangiota tumani «Olim polvon» mahallasi gilam do‘konida yirik yong‘in yuzaga keldi. Yong‘in oqibatida paydo bo‘lgan qora tutunlar butun Toshkent shahridan ko‘rinmoqda.
FVVning xabar berishicha, ayni vaqtda 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘in joyiga yetib borib, ayni vaqtda uni bartaraf qilmoqda.
«Vaziyat to‘liq nazoratda. Ro‘y bergan yong‘in joyiga FVVning barcha kerakli kuch-vositalari jalb etilgan. Hozirda yong‘in ko‘lami qisqarib bormoqda. Ayni vaqtga ko‘ra, tan-jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi. FVV rahbariyati yong‘in joyiga yetib borgan», deyiladi FVV bayonotida.
FVVning qo‘shimcha axborotiga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 09:44 da hodisa joyiga yetib borgan hamda 10:38da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Shuningdek, vazirlik tan-jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmaganini bildirdi.
Mavzuga oid

22:45 / 28.05.2025
«Afrosiyob» tezyurar poyezdining manyovr lokomotivida yong‘in chiqdi

20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi

08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi

21:35 / 22.05.2025