Toshkentning beshta tumanida issiq suv ta’minoti tiklanadi
Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Shayxontohur, Olmazor va Yashnobodda 9 kunlik o‘chirishdan so‘ng issiq suv ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.

Foto: Shutterstock
Toshkent shahrining Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Shayxontohur, Olmazor va Yashnobod tumanlarida «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MChJ tomonidan ta’mirlash ishlari yakunlandi, elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklandi, deb xabar berdi Veolia Energy Tashkent.
«Endi mutaxassislar issiq suv ta’minotini bosqichma-bosqich tiklashga kirishadi. 4-IM qozonxonasini hisoblangan harorat va bosimgacha to‘ldirish boshlandi. Qozonxona ishga tushgach, issiq suvni yetkazish qozonxonaga yaqin binolarda 2 soat, uzoq binolarda 6 soat vaqtni oladi», deyiladi xabarda.
Veolia Energy xabariga ko‘ra, qozonxona nasoslari ishlashi uchun zarur bo‘lgan elektr energiyasi bo‘lmagani sababli 4-IM hududida issiq suv ta’minotining grafikdan tashqari uzilishi bo‘yicha to‘lovlar qayta hisob-kitob qilinadi.
Quvurlar issiq suv bilan to‘ldirilishi tufayli tarmoqdagi bosim hisoblangan darajaga asta-sekin ko‘tariladi. Shu sababli, issiq suv jo‘mraklarini ishlatishda ehtiyot bo‘lish lozim.
Mavzuga oid

19:29 / 31.05.2025
Toshkentda yo‘lbo‘yi pulli avtoturargohlar ishga tushdi. Aholi qanday fikrda?

22:30 / 30.05.2025
“Sotilmaydi”, lekin sotuvda: Bektemirdagi bog‘ atrofida nima bo‘lyapti?

20:48 / 29.05.2025
Temiryo‘l muzeyida ovqatlanish shoxobchasi va attraksionlar ochilgani tanqidlarga sabab bo‘ldi

16:26 / 27.05.2025