Toshkentda yuk ortgich mashina yonib ketdi
Voqea Olmazor tumani Chuqursoy ko‘chasida joylashgan obekt hududida sodir bo‘lgan.
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Olmazor tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 24 aprel kuni soat 16:54 da Olmazor tumani Chuqursoy ko‘chasida joylashgan obekt hududida yuk tashish karasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida poytaxt FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipaji aytilgan manzilga yetib borgan va yong‘inni o‘chirgan.
«Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Toshkentda erkak o‘zaro kelishmovchilik ortidan tanishining Teslaʼsini yoqib yuborgani, Yunusobodda Lacetti yonib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi
Mavzuga oid

22:45 / 28.05.2025
«Afrosiyob» tezyurar poyezdining manyovr lokomotivida yong‘in chiqdi

20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi

08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi

08:40 / 23.05.2025