Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
Yangi sotib olingan avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish imkoniyati ishga tushirildi. Ushbu xizmat hozirda poytaxtdagi «Fayzobod» ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limida sinovdan o‘tkazilmoqda.

Foto: IIB YHXB axborot xizmati
23 apreldan boshlab my.gov.uz orqali yangi avtotransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza yo‘llash imkoniyati sinov tartibida ishga tushirildi.
Qayd etilishicha, hozircha bu imkoniyat Toshkent shahridagi «Fayzobod» ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish (RO‘ va IO) bo‘limida sinovdan o‘tkazilmoqda. Test muvaffaqiyatli yakunlansa, tizim avval Toshkent shahri bo‘ylab, keyinchalik qolgan hududlarda joriy etilishi rejalashtirilgan.
Talabgor arizani shakllantirishda xizmatni qaysi ko‘rinishda olishini belgilaydi:
- Arizachi RO‘ va IO bo‘limiga borgan holda ro‘yxatdan o‘tkazish;
- Sayyor xizmat — YHXX xodimining o‘zi belgilangan manzilga keladi (qo‘shimcha to‘lov asosida).
- Xizmat ko‘rsatish uchun belgilangan to‘lovlar quyidagicha:
- ro‘yxatdan o‘tkazish — BHMning 6,84 barobari (2,56 million so‘m), elektromobil, motolar, tirkamalar uchun — 1,5 barobar (562,5 ming so‘m);
- davlat raqami — BHMning 3,5 barobari (1,31 million so‘m);
- qayd etish guvohnomasi (texpasport) — BHMning 0,7 barobari (262,5 ming so‘m);
- texnik ko‘rik — BHMning 0,1 barobari (37,5 ming so‘m).
Sayyor xizmat uchun (10 kilometrga):
- 1 kunda kelsa — BHMning 4 barobari (1,5 million so‘m);
- 3 kunda — BHMning 3 barobari (1,125 million so‘m);
- 5 kunda — BHMning 2 barobari (750 ming so‘m).
10 kilometrdan ortiq masofa uchun har kilometrga BHMning 0,05 barobari (18 ming 750 so‘m) qo‘shib boriladi.
Ariza my.gov.uz orqali yuborilganida, talabgorga davlat raqam belgisi va to‘lov uchun invoys taqdim etiladi. To‘lov amalga oshirilgach, «Fayzobod» RO‘ va IOga borib, arizadagi davlat raqam belgisi aytiladi, YHXX inspektori transport vositasini ko‘rikdan o‘tkazadi va sizga davlat raqami hamda texpasportni taqdim etadi.
Tavsiya etamiz
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yana bojxona: o‘nlab avtomobillar egalaridan yashirin tarzda Tojikistonda g‘oyib bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:16
-
Viloyatliklar ham Toshkentda taksichilik qila oladi - transport vaziri
O‘zbekiston | 19:48
-
Isroilning Eronga qarshi operatsiyasi 14 kun davom etishi mumkin
Jahon | 19:05
-
«Tuxum barak» taomi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
O‘zbekiston | 19:03
Mavzuga oid

20:16
Yana bojxona: o‘nlab avtomobillar egalaridan yashirin tarzda Tojikistonda g‘oyib bo‘ldi

16:29
Toshkentdan xorijga bir necha aviareyslar bekor qilindi

09:17
Eron havo hududi yopilishi tufayli ayrim reyslar Toshkentdagi aerodromga yo‘naltirildi

17:48 / 12.06.2025