Isroil-HAMAS muzokaralarida uzoq muddatli sulh taklif etildi
Yangi taklif 5 yildan 7 yilgacha bo‘lgan davrda o‘t ochishni to‘xtatish, urushni rasman tugatishni nazarda tutadi.

Foto: Ali Jadallah/Anadolu
Isroil va HAMAS harakati o‘rtasidagi muzokaralarda vositachilik qilayotgan Misr va Qatar o‘t ochishni to‘xtatish va G‘azo sektorida garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha yangi taklifni ilgari surdi, deb xabar berdi BBC.
Taklif «besh yildan yetti yilgacha bo‘lgan davrda o‘t ochishni to‘xtatish, urushni rasman tugatish, Isroil armiyasini G‘azodan to‘liq olib chiqib ketish va Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan falastinlik asirlar evaziga garovga olingan barcha isroilliklarni ozod qilishni» o‘z ichiga oladi.
Qatarning «Al-Arabiy Al-Jadid» gazetasining yozishicha, 20 aprel kuni Isroil delegatsiyasi vositachilar bilan muzokaralar olib borish va HAMAS bilan muzokaralarda muvaffaqiyatga erishish uchun Qohiraga borgan. Xabarda aytilishicha, delegatsiya kecha Misrning yuqori martabali rasmiylari bilan uchrashgan.
O‘tgan hafta HAMAS Isroilning o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifini rad etdi, ammo urushni tugatishni o‘z ichiga olgan kengroq kelishuvni muhokama qilishga tayyorligini aytgan edi.
Isroil rasmiylari hozircha yangi sulh taklifiga izoh bermadi. Biroq, Isroil armiyasini G‘azodan to‘liq olib chiqib ketishni nazarda tutuvchi avvalgi sulh takliflarini rad qilib kelayotgan edi.
Mavzuga oid

14:42
Rossiya TIV: AQSh Isroilni Falastin davlatini yaratish istiqbollarini yo‘q qilishda qo‘llab-quvvatlayapti

14:14
Isroil G‘azo shimolidan falastinliklarni majburan ko‘chirishni boshladi

11:42
Isroil askarlari G‘azoda yordam olishga yig‘ilganlarga qarata o‘t ochdi

10:47