5,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metall eritish sexi aniqlandi
Toshkent shahrining Yangihayot tumanida 5,7 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan metall eritish sexi aniqlandi.

Foto: Videodan kadr
“Hududgazta’minot” ma’lum qilishicha, tumanning Sputnik-3 mavzesidagi “B.B” MChJga qarashli binoda metall eritish sexi tashkil etilib, gaz ta’minoti korxonasi bilan tegishli shartnomani qayta tuzmasdan, o‘chirish moslamasiga o‘rnatilgan bir martalik tamg‘aga qasddan shikast yetkazgan holda gazdan noqonuniy foydalanib kelgan.
Holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, qayta hisob-kitob amalga oshirildi va 5 mlrd 775 mln so‘mlik zarar hisoblandi.
Barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi.
Mavzuga oid

23:17 / 29.05.2025
Turkiya birinchi suzuvchi gaz platformasini ochiq dengizga yubordi

08:41 / 29.05.2025
Ko‘p qavatli "dom"larda hisoblagich o‘rnatmasdan gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi

13:37 / 07.05.2025