Toshkentdagi ko‘chalardan birida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi
Shayxontohur tumani Turkqo‘rg‘on ko‘chasining bir qismi 13 apreldan 25 aprelgacha avtomobillar harakati uchun vaqtincha cheklanadi.

Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, bunga KHAY bo‘ylab Turkqo‘rg‘on ko‘chasi kesishmasidan Xurshid ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismida 35 kV li yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari amalga oshirilishi sabab bo‘ladi.
Harakat har ikki yo‘nalishda yo‘lning bitta tomoni orqali amalga oshiriladi.
Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.
Mavzuga oid

16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi

14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?

11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi

09:39 / 23.05.2025