Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat organlarining HR bo‘linmalari faoliyati baholab boriladi
Uch oy muddatda barcha bo‘g‘indagi HR (kadrlar) bo‘linmalari rahbarlari attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Vazirlar Mahkamasining “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini boshqarish bo‘yicha faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalari to‘g‘risidagi hamda hokimliklarining Tashkiliy-kadrlar guruhi to‘g‘risidagi namunaviy nizomlar tasdiqlandi.
Shuningdek, inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalarining rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilandi.
Unga ko‘ra, 3 oylik muddatda davlat organlari va tashkilotlarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalari (shu jumladan, hokimliklarning tashkiliy-kadrlar guruhlari) rahbarlari attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Qarorga asosan joriy yilning may oyidan boshlab, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini boshqarish bo‘yicha faoliyati Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan hrm.argos.uz elektron platformasi orqali baholab boriladi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
🔴 LIVE: Aliyev–Pashinyan va Tramp–Netanyahu uchrashuvlari. Nimalar gaplashildi?
Jahon | 11:22
-
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21
-
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00
-
Shahrisabz ko‘chasida rekonstruksiya ishlari boshlandi
O‘zbekiston | 10:52