Xitoyda kichik yadro batareyasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi
Tanga o‘lchamidagi batareya 3 volt energiya beradi va 50 yil davomida quvvatlanmasdan ishlashi mumkin.

Foto: Betavolt
Xitoyning Betavolt kompaniyasi BV100 kichik yadro batareyasini seriyali ishlab chiqarish orqali energiya bozorida to‘ntarish sodir qildi. Tanga o‘lchamidagi quvvat manbai 3 volt energiya ishlab chiqaradi va 50 yil davomida quvvatlanmasdan ishlashi mumkin.
An’anaviy batareyalardan farqli o‘laroq, BV100 nikel-63 deb nomlangan radioaktiv izotopdan foydalanadi, u asta-sekin barqaror misga parchalanib, energiya chiqaradi. Ta’kidlanishicha, jarayon odamlar uchun xavfsiz, chunki radiatsiya qurilma ichida to‘liq himoyalangan.
Batareya 100 mikrovatt ishlab chiqaradi - ko‘p emas, lekin datchik yoki tibbiy implant kabi kichik gadjetlarni quvvatlantirish uchun yetarli. Uning siri texnologiyada: zarrachalarning parchalanishidan olingan energiya olmosli yarimo‘tkazgichlar yordamida elektr energiyasiga aylanadi. Bu batareyani -60°S dan +120°S gacha bo‘lgan ekstremal haroratlarga chidamli qiladi, bu esa koinotda yoki murakkab muhitda foydalanish istiqbollarini ochadi.
Betavolt kompaniyasining ta’kidlashicha, uning ixtirosi batareyalarni tez-tez almashtirish zaruratini bartaraf etish orqali sanoatni o‘zgartirishi mumkin. Mahsulotni ishlab chiqarish allaqachon boshlangan va birinchi partiya bozorga chiqarishga tayyorlanmoqda.
Mavzuga oid

08:07
DXX: Respublika miqyosida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga chek qo‘yildi

13:18 / 17.03.2025
Panamada energiya ta’minoti blekautdan so‘ng tiklandi

11:37 / 15.03.2025
Ozarboyjon, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida yashil energiya to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi

10:12 / 22.02.2025