NASA YR4 asteroidining Oy bilan to‘qnashish xavfini yuqori baholadi
AQShning NASA kosmik agentligi 2024 YR4 asteroidining 2032 yil dekabrida Oy bilan to‘qnashuvi bo‘yicha prognozini yangiladi. Hozirda asteroidning Oy bilan to‘qnashuvi ehtimoli 3,8 foiz deb baholanmoqda. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: ESA/NASA
“NASA’ning Reaktiv harakatlar laboratoriyasi qoshidagi Yerga yaqin obektlarni o‘rganish markazi mutaxassislari Webb ma’lumotlari va yerdagi teleskoplardan olingan kuzatuvlarga asoslanib, 2024 YR4 asteroidining Oy bilan to‘qnashuvi ehtimolini fevral oyi oxiridagi 1,7 foizdan 3,8 foizgacha ko‘tardi”, — deyiladi NASA bayonotida.
Agentlik ta’kidlashicha, asteroidning Oyga tegmaslik ehtimoli hamon 96,2 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, NASA asteroid o‘lchami haqidagi ma’lumotlarni yangiladi: agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, u 53-67 metrga yetadi, bu taxminan 10 qavatli bino balandligiga teng.
Qayd etilishicha, aprel oyidan so‘ng asteroidni yerdagi teleskoplar orqali kuzatish qiyin bo‘lib qoladi. Biroq shunga qaramay Webb teleskopi yordamida 2025 yil may oyida ham asteroidni kuzatish rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, NASA mutaxassislari 2024 yil 27 dekabrida Chilidagi ATLAS teleskopi yordamida diametri 54 metr bo‘lgan 2024 YR4 asteroidini aniqlagandi.
Mavzuga oid

18:18 / 03.04.2025
NASA Oy bilan to‘qnashishi mumkin bo‘lgan 60 metrlik asteroidni namoyish etdi

01:07 / 03.04.2025
NASA kosmik kemalarni himoyalovchi yangi texnologiyani sinovdan o‘tkazdi

08:40 / 28.03.2025
Arktikada qishki dengiz muzlari rekord darajada kamaydi - NASA olimlari

16:54 / 26.03.2025