Iqtisodiyot | 15:01 / 06.03.2025
5037
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Wildberries'dan qo‘shimcha 4 mln dollar soliq undirildi

Soliq qo‘mitasiga ko‘ra, marketpleysning O‘zbekistondagi faoliyati soliq qonunchiligida belgilangan “ayrim talablarga mos kelmaydi”. Natijada kompaniya oxirgi uch yildagi faoliyati uchun qo‘shimcha 51,2 mlrd so‘m (qariyb 4 mln dollar) soliqqa tortilgan.

Foto: Wildberries

Soliq qo‘mitasi Wildberries marketpleysining O‘zbekistondagi faoliyati soliq qonunchiligidagi “ayrim talablarga mos kelmasligi”ni aniqladi.

Qo‘mita axborotiga ko‘ra, Rossiya rezidenti bo‘lgan Wildberries O‘zbekistonda “WB Int Export” MChJ shaklida yuridik shaxs tashkil etib faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.

“Tashkilotda soliq auditi o‘tkazilib, 2022–2024 yillar uchun budjetga qo‘shimcha hisoblangan 51,2 mlrd so‘m (shundan, 42,8 mlrd so‘m QQS) soliq to‘lovlari to‘landi”, – deyiladi xabarda.

Soliq organi ushbu tekshiruvni “elektron tijorat faoliyatini amalga oshirayotgan subektlar faoliyatini legallashtirish bo‘yicha tizimli ishlarning davomi” deb atagan.

Avvalroq qo‘mita Xitoyning Temu marketpleysi faoliyati 20 martdan e’tiboran O‘zbekistonda cheklanishini ma’lum qilgandi.

Mavzuga oid