“Tanzilandiya” nomli xususiy bog‘chada bolalar muntazam kaltaklangani aytilmoqda
Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan bog‘cha tarbiyachilari bolalarga o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘lgan. Ota-onalar buni farzandining o‘yinchog‘iga o‘rnatilgan ovozni yozib oluvchi moslama orqali aniqlaganini bildirgan. Holat ortidan 3 nafar tarbiyachi ishdan ketgan, hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda, bolalarga tan jarohati yetkazilganligini aniqlash uchun tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Foto: Videodan kadr
Tarmoqlarda poytaxtdagi xususiy maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida tarbiyachilar bolalarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgani aks etgan videolar tarqaldi.
Holat yuzasidan Repost.uz nashrining yozishicha, bunday vaziyat Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Tanzilandiya” xususiy bolalar bog‘chasida muntazam ravishda sodir bo‘ladi, bolalar kaltaklanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ota-onalardan biri farzandining xulq-atvoridagi o‘zgarishlarni sezgan. Nima bo‘layotganini tushunish maqsadida farzandining o‘yinchog‘iga ovozni yozib oluvchi moslamasini o‘rnatib, bolani bog‘chaga yuborgan. Sakkiz soatlik audio yozuvda bog‘cha tarbiyachilari noxush so‘zlar bilan gaplashib, bolalarni bir necha bor kaltaklagani eshitilgani aytilmoqda.
Qayd etilishicha, shundan so‘ng ota-onalar bog‘cha direktoridan ololmagan kamera yozuvlarini IIBga borgach ko‘rishgan. Unda tarbiyachilar bolalarni sport zali, kiyinish xonalari va faollar zalida kaltaklagani, ammo ota-onalar uchun video kuzatuv mavjud bo‘lgan xonalarda tinch va xushmuomalalik bilan muomalada bo‘lgani ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan Bolalar ombudsmanining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, shu yil 12 fevral kuni 7 nafar ota-ona tomonidan xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanayotgan farzandlarga nisbatan tarbiyachilar qo‘pol munosabatda bo‘layotganligi bildirilib, qonuniy chora ko‘rish bo‘yicha murojaat qilingan.
“Hozirda holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Bolalarga nisbatan tan jarohati yetkazilganlik holatini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan”, – deyiladi izohda.
Ta’kidlanishicha, maktabgacha ta’lim muassasasi ma’muriyati tomonidan 3 nafar tarbiyachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda, bu borada qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytildi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Axborot texnologiyalari yo‘nalishida ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘i kengaytiriladi
O‘zbekiston | 17:14
-
Bloger Qobil Do‘sov 5 yilga qamaldi
O‘zbekiston | 16:51
-
1 avgustdan barcha viloyat va tuman hokimliklarida ish haqi oshiriladi
Iqtisodiyot | 16:08
-
Mers: Eron hech qachon yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerak
Jahon | 15:42
Mavzuga oid

14:21 / 13.06.2025
Namangan tumanidagi xususiy bog‘chalardan birida tarbiyachi bolalarni haqoratlab kaltakladi

19:19 / 24.04.2025
Bolalari muntazam kaltaklangani aytilgan “Tanzilandiya” xususiy bog‘chasining litsenziyasi bekor qilindi

18:36 / 31.03.2025
Buxorodagi xususiy bog‘chada 1,5 yoshli bola tok urishidan vafot etdi

11:32 / 28.02.2025