Foydalanilmayotgan yerlar, bo‘sh adirlarda mevali bog‘lar barpo etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 sentabr kuni qishloq xo‘jaligidagi islohotlar ijrosiga oid taqdimot bilan tanishdi.

Yig‘ilishda qayd qilinishicha, O‘zbekistonda 136 ta tumanda 1 million gektardan ziyod yerda paxta yetishtiriladi. Hosildorlikni oshirish maqsadida bu yil, odatdagilariga qo‘shimcha, 42 ta istiqbolli va 18 ta xorijiy navlar ekilgan. Jumladan, ilk bor Xitoy, Hindiston va Turkiyadan olib kelingan navlar qariyb 100 ming gektarda yetishtirilmoqda.
Ta’kidlanishicha, yangi urug‘ navini sinovdan o‘tkazib, davlat reyestriga kiritishga 5 yil ketayapti. Shu bois navlarni sinashning yangi tizimi joriy qilinishi belgilandi. Unga ko‘ra, 31 ta elita urug‘chilik xo‘jaligi va 6 ta urug‘lik tayyorlash sexidagi davlat ulushi ommaviy savdolarga chiqariladi. 46 ta urug‘chilik korxonasi birlashtirilib, hududlarda 13 ta zamonaviy korxona tashkil etiladi. Yangi urug‘lar 2 yilda ekishga joriy qilinadi.
Shuningdek, foydalanilmayotgan yerlar, bo‘sh adirlarda mevali bog‘lar, jumladan, uzumzor va olmazorlar barpo etishning yangi tizimi joriy qilinadi. Yerni tayyorlash, ko‘chat olish, ekish va sug‘orish tizimlari o‘rnatish hamda bog‘ hosilga kirguncha 3 yil parvarishlash uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi. Yangi tashkil etilgan sanoatlashgan bog‘larga 100 foiz zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar o‘rnatiladi.
Shuningdek, bunday loyihalarga yer ajratish tizimi ham o‘zgaradi. Mahalliy hokimlar hosildorligi past yerlar o‘rnida bog‘ barpo etish bo‘yicha taklif kiritadi. Ular ochiq elektron tanlov asosida 30 yil muddatgacha ijaraga beriladi.
Prezident bog‘ va tokzorlarni sanoatlashgan tarzda barpo etish muhimligini aytdi.
– Asosiy maqsadimiz qishloq xo‘jaligini ilmiy asoslangan, BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining eng yaxshi tajribalarini tatbiq qilgan holda rivojlantirish, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Taqdimotda issiqxona xo‘jaliklaridan ham samarali foydalanish, ularni elektr energiyasi, tabiiy gaz va aylanma mablag‘ bilan ta’minlash masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi. Suvni tejash – dolzarb masala ekani qayd etildi. Hududlarda 732 ming gektar paxta va g‘alla maydoni ichki nasos agregatlari orqali sug‘orilmoqda. Ularning 41 foizida energiya iste’moli yuqori.
Shu bois paxta va g‘alla yetishtiruvchilar ixtiyoridagi nasoslarni modernizatsiya qilish uchun bir martalik subsidiya ajratishni yo‘lga qo‘yish taklifi bildirildi. Bu orqali elektr energiyasi sarfi va sug‘orish vaqtini 60 foizgacha kamaytirishga, pirovard natijada mahsulot tannarxini pasaytirishga erishiladi.
Davlat rahbari bu takliflarni ma’qullab, ularni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron prezidenti mamlakat yadroviy qurolga intilmayotganini aytdi
Jahon | 18:15
-
Prezident tumanlarda boshqaruv tizimi o‘zgarishini e’lon qildi
O‘zbekiston | 17:45
-
Kambag‘al oilalar farzandlari qo‘shimcha ta’limga jalb qilinadi
O‘zbekiston | 17:23
-
Axborot texnologiyalari yo‘nalishida ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘i kengaytiriladi
O‘zbekiston | 17:14
Mavzuga oid

14:47 / 12.06.2025
O‘zbekiston va Rossiya eksportni rivojlantirishga qaratilgan shartnomani imzoladi

09:33 / 12.06.2025
“Tashqi bosim orqali fermerlarni yerdan mahrum qilishga urinish qonunchilikka mutlaqo zid” – Qishloq xo‘jaligi vazirligi

14:10 / 09.06.2025
Britaniya O‘zbekistonda organik mahsulotlar laboratoriyalarini ochmoqchi

18:47 / 04.06.2025