Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iordaniya va G‘arbiy Sohil chegarasidagi otishmada isroilliklar halok bo‘ldi
Bu mintaqadagi keskinlikni kuchaytirgan 7 oktyabr hodisalaridan beri Iordaniya chegarasida yuz bergan birinchi qurolli mojarodir.

Foto: AP
Iordaniya va Isroil tomonidan istilo qilingan G‘arbiy Sohil o‘rtasidagi chegarada sodir bo‘lgan otishmada uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Isroil rasmiylari xabar berdi, deb yozdi BBC.
Bu mintaqadagi keskinlikni kuchaytirgan 7 oktyabr hodisalaridan beri Iordaniya chegarasida yuz bergan birinchi shunday mojarodir.
Isroil mudofaa kuchlari Allenbi ko‘prigidagi otishmada uch nafar isroillik fuqaro halok bo‘lganini ma’lum qildi. Hujumchi yuk mashinasida Iordaniya tomondan kelgan, so‘ngra odamlarga qarata o‘t ochgan.
Haydovchi «yuk mashinasidan tushib, ko‘prikda ishlayotgan Isroil xavfsizlik kuchlariga qarata o‘t ochdi», deyiladi harbiylar bayonotida.
Xavfsizlik kuchlari o‘q otgan shaxsni «yo‘q qildi», Isroil harbiylari esa yuk mashinasida portlovchi moddalar bor-yo‘qligini tekshirmoqda.
Iordaniya rasmiylari chegarani yopganini va holat yuzasidan surishtiruv boshlanganini e’lon qildi. Isroil hukumati ham Iordaniya bilan chegarani yopdi.
Ushbu ko‘prik Amman va Quddus o‘rtasida joylashgan bo‘lib, G‘arbiy Sohil va Iordaniya o‘rtasidagi yagona rasmiy chegara o‘tish joyidir. U orqali Isroil hududidan o‘tmasdan G‘arbiy Sohilga kirish mumkin. Nazorat punktida Isroil xavfsizlik kuchlari bilan birga xususiy qo‘riqchilar ishlaydi.
Isroil va Iordaniya 1994 yilda tinchlik shartnomasini imzolagan va xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik qiladi. Har kuni tovar yuklangan o‘nlab yuk mashinalari bu joydan G‘arbiy Sohil va Isroil bozoriga yuk olib o‘tadi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Uch qahramon» bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi (video)
Jamiyat | 05:42
-
Tramp uysizlarni Vashington tashqarisiga chiqarib yubormoqchi
Jahon | 01:25
-
AQShda Labubu qo‘g‘irchoqlari o‘g‘rilar nishoniga aylanmoqda
Jahon | 01:11
-
Polshada YeI pullari yaxtalar va saunalar uchun sarflangani aytilmoqda - Bryussel izoh talab qildi
Jahon | 00:48
Mavzuga oid

18:55 / 10.08.2025
The Times: Britaniya Isroilga qarshi sanksiyalar joriy etishni rejalashtirmoqda

14:20 / 09.08.2025
Isroilning G‘azoni egallash qarori: dunyo keskinlashuvdan xavotirda

13:27 / 09.08.2025
Germaniya Isroilga qurol eksportini qisman to‘xtatdi

12:10 / 09.08.2025