Zelenskiy Putin bilan muzokaralar uchun yagona modelni aytdi
U g‘alla kelishuvlarida bo‘lgani kabi Ukraina va Rossiya faqat vositachilar orqali muzokara olib borishi mumkin deb hisoblaydi.

Foto: Ukrainskaya pravda
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy The Philadelphia Inquirer jurnalisti Trudi Rubinga bergan intervyusida Kiyev RF prezidenti Vladimir Putin bilan tinchlik muzokaralarini faqat vositachilar orqali o‘tkazishi mumkinligini aytdi. Zelenskiyning so‘zlari «Ukrainskaya pravda» tomonidan keltirilgan.
«Ukraina yechimga olib boradigan modelni topishi mumkin. Bunday model birinchi marta g‘alla yo‘lagi misolida qo‘llangan, o‘shanda Ukraina Rossiya bilan emas, balki BMT va Turkiya bilan olib borgan. O‘z navbatida, ular biz bilan kelishish, keyin RF bilan tegishli kelishuvni imzolash mas’uliyatini zimmasiga olgandi. Va bu shunday ishladi: o‘rtada BMT va Turkiya turgan ikkita teng kelishuv. <…>
Xuddi shunday, turli qit’alardagi davlatlar muayyan inqirozga yechim tayyorlayotganida, hududiy yaxlitlik bo‘yicha ham, energetika bo‘yicha ham, kemachilik bo‘yicha ham tegishli modeldan foydalanish mumkin. Keyin esa bu hujjat, agar u Ukrainani qoniqtirsa, RF vakillari bilan ham kelishilishi kerak».
Zelenskiy «hozircha faqat shunday model» borligini ta’kidlagan.
- 14 iyun kuni RF TIV rahbariyati qarshisida chiqish qilgan Vladimir Putin Rossiya ma’lum shartlar bajarilishi evaziga Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor ekanini aytgandi. Ular orasida quyidagilar bor edi: Ukraina Donetsk, Luhansk, Xerson va Zaporijjya oblastlari chegaralaridan qo‘shinlarni to‘liq olib chiqishni boshlashi, shuningdek NATOga a’zo bo‘lish rejalaridan rasman voz kechishi. Bundan tashqari, Putinning fikricha, Ukraina Qrim, Sevastopol, Donetsk, Luhansk, Xerson va Zaporijjya oblastlarining RF sub’yektlari sifatidagi maqomini tan olishi, G‘arb esa — Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishi lozim.
- Volodimir Zelenskiy Putinning harbiy harakatlarni to‘xtatish va tinchlik muzokaralarini boshlash uchun shartlarini «ishonib bo‘lmaydigan ultimatum» deb atagan. «Bu avval ham bo‘lganlaridan hech narsasi bilan farqlanmaydigan ultimatum», — degan Ukraina prezidenti. Uning fikricha, Putin «to‘xtamaydi».
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi
Jahon | 21:33
-
AQShda demokrat siyosatchilarga hujum uyushtirildi, ulardan biri vafot etdi
Jahon | 21:27
-
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Tel-Avivga parvozlarni to‘xtatdi
O‘zbekiston | 21:18
-
O‘zbekistonda nasiya savdo. Bir yilda bo‘lib to‘lash 1,5 barobargacha qimmatga tushadi
Iqtisodiyot | 21:03
Mavzuga oid

18:00
Zelenskiy Ukraina tinchlik uchun qanday murosaga tayyorligini aytdi

13:18
YeI ukrainaliklar uchun vaqtinchalik himoyani 2027 yil martigacha uzaytirdi

12:36
Moskva 1200 nafar Ukraina fuqarosining jasadini Kiyevga topshirdi

13:38 / 13.06.2025