Janubiy Koreyada koronavirusning uchinchi to‘lqini boshlangani ma'lum qilindi
Janubiy Koreya poytaxti Seul va unga yondosh aholi punktlarida koronavirusga chalinishning uchinchi to‘lqini kuzatilmoqda. Bu haqda Janubiy Koreya sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lum qildi.

Foto: REUTERS/Heo Ran
“Fikrimizcha, hozirda kasallanishlarning uchinchi to‘lqini kuzatilmoqda”, deb aytgan vazirlik vakili.
19 noyabrda Seul va uning atrofidagi hududlarda 218ta yangi kasallanish holati qayd etilgan. Mamlakatda oxirgi marta kunlik kasallanish holatlari soni 200tadan ko‘proqni avgustda tashkil qilgan. Hozirda mamlakat bo‘ylab kasallanish holatlari soni 30 mingdan oshgan.
Janubiy Koreya bosh vaziri Chon Se Gyun aholini yil oxirigacha uydan ishlashga va birgalikdagi tadbirlardan tiyilib turishga chaqirgan. “Agar hozir virus tarqalishini to‘xtatmasak, unda kundalik turmushimiz yana cheklanadi”, deb aytgan bosh vazir. Uning ta'kidlashicha, 60 yoshdan katta odamlar o‘zini yakkalash rejimiga amal qilishi lozim.
Mavzuga oid

00:47
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi

17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

21:14 / 05.05.2025
Janubiy Koreya aeroportlar yaqinida qushlarni nazorat qilishni kuchaytiradi

18:34 / 01.05.2025