Lavrov Eron bo‘yicha yadroviy bitimda Rossiya manfaatlarini himoya qilishga chaqirdi

Foto: Aleksandr SHCHerbak/TASS
Rossiya tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sergey Lavrov Eron bo‘yicha yadroviy bitimda Rossiya tomonining qonuniy manfaatlarini himoya qilishga chaqirdi, deya xabar beradi RIA «Novosti».
«Bu bitimda ham Rossiya Federatsiyasida, ham boshqa ishtirokchilarda, ham yevropaliklarda qonuniy manfaatlar bor, ular bu kelishuvda mustahkamlab qo‘yilgan hamda BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan ma'qullangan. Shuning uchun biz har birimizning qonuniy manfaatlarimizni xabar qilgan holda himoya etishimiz lozim», - deya aytib o‘tdi Lavrov.
Lavrov Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif bilan uchrashuv davomida shunday bayonot bilan chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Trampning neft bozoridagi ikkiyoqlama o‘yini haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

21:06 / 03.06.2025
Eron uranni boyitishni taqiqlashni «qizil chiziq» deb atadi

14:28 / 02.06.2025
Lavrov va Rubio Istanbuldagi bo‘lajak muzokaralarni muhokama qildi

12:50 / 31.05.2025
OAV: AQSh Eronga hujum qilish tahdidi tufayli Isroil bilan harbiy hamkorlikni muzlatdi

14:17 / 29.05.2025