Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bog‘dorchilik, uzumchilik va polizchilik uchun yer uchastkalari olish tartibi qanday?

Foto: KUN.UZ
Qonun hujjatlarida fuqarolarning O‘zbekiston hududida bog‘dorchilik, uzumchilik va polizchilik yuritish uchun yer uchastkalari olish huquqi kafolatlangan, deb yozmoqda “Inson va qonun” nashri.
Xususan, Yer kodeksining 56-moddasida shaharlar va posyolkalarda, shuningdek qishloq aholi punktlarida yashovchi, dehqon xo‘jaligi yuritish uchun tomorqa yer uchastkalariga ega bo‘lmagan fuqarolarga korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning iltimosnomasiga binoan jamoa bog‘dorchiligi va uzumchiligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga yoki jamoa polizchiligi uchun vaqtincha foydalanishga yer uchastkasi tuman hokimi tomonidan berilishi nazarda tutilgan.
Jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi uchun beriladigan yer uchastkalari ko‘chalar ochish, jamoat imoratlari va inshootlari qurish zarurligi hisobga olingan holda bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatining har bir a'zosiga 0,06 gektargacha va polizchilik shirkatining har bir a'zosiga 0,08 gektargacha o‘lchamda belgilanadi.
Bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatlari to‘g‘risidagi nizomda jamoaviy bog‘dorchilik va uzumchilikni yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkasi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning yoki fuqarolar guruhining iltimosnomasiga binoan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuman hokimi tomonidan berilishi belgilab qo‘yilgan.
Tuman hokimining yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi qarorida shirkat tashkil etilganligi ko‘rsatiladi va keyinchalik merosga qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini rasmiylashtirish maqsadida shirkat a'zolarining shirkat har bir a'zosining yer uchastkalari maydoni ko‘rsatilgan holdagi ro‘yxati tasdiqlanadi.
Jamoaviy bog‘dorchilik va uzumchilikni yuritish uchun fuqarolarga berilgan yer uchastkasidan meva, rezavor va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari o‘stirish uchun foydalaniladi.
Jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini tashkil etish uchun fuqarolar bog‘dorchilik-uzumchilik yoki polizchilik shirkatlariga birlashadilar. Ushbu shirkatlar uning a'zoligiga kirishni xohlovchilar kamida 30 kishi bo‘lganda tashkil etilishi mumkin.
Shirkatni tashkil etish uchun unga belgilangan tartibda berilgan yer uchastkasi umumiy foydalaniladigan yerlardan va shirkat a'zolari yerlaridan iborat bo‘ladi.
Shuni ta'kidlab o‘tish kerakki, umumiy foydalaniladigan yerlar shirkatga doimiy foydalanish huquqi bilan beriladi. Shirkat a'zolariga yer uchastkalari jamoaviy bog‘dorchilik va uzumchilikni yuritish uchun merosga qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan beriladi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
Jahon | 01:24
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
Mavzuga oid

14:49 / 06.08.2025
Toshkentda uy-joy va yer narxlari pasayishda davom etyapti

12:06 / 26.07.2025
O‘zbekistonda yerlarning eng katta qismi qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan

13:27 / 10.07.2025
Toshkent viloyatida 420 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

12:52 / 24.06.2025