Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiya dunyoda birinchi bo‘lib raqamli radioeshittirishlarga o‘tishni boshlab berdi

Foto: Reuters
Norvegiyada raqamli radioeshittirishlarga o‘tish jarayoni boshlandi: mamlakat shimoli-g‘arbida joylashgan Nurlann guberniyasi nafaqat mamlakat, balki dunyo miqyosida an'anaviy milliy FM tarmog‘ini o‘chirgan birinchi maskan bo‘ldi.
"11 yanvar, chorshanba kuni soat 11:11da NRK'ning eng yirik milliy radiokanallari - P4 va Radio Norge an'anaviy FM tarmoqlarida faoliyat yuritishni to‘xtatdi", - deyiladi Nurlann guberniyasining Avisa Nordland nomli mahalliy gazetasida. Tarixiy voqea tantanali sharoitda, Norvegiya hukumati vakillari va Norvegiya Radiosi ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Raqamli radioeshittirishlarga o‘tish haqidagi qaror Norvegiyada 2015 yilning bahorida hukumat va parlament tomonidan qabul qilingan edi. FM tarmoqlarini o‘chirish ishlari muntazam ravishda amalga oshiriladi va 2017 yilning 13 dekabrida tugallanadi. Masalan, Osloda raqamli radioeshittirishlarga o‘tish sentabr oyida amalga oshiriladi.
Mamlakatda bu texnologiyaning qo‘llanilishi bundan buyon Norvegiya milliy radiokanallarini televizorlar, internet yoki DAB (Digital Audio Broadcasting)radiopriyomniklardan tinglash imkonini beradi. Norvegiyada 2022 yilga qadar faqat muayyan hududiy radiostansiyalargina FM to‘lqinlarda ishlashda davom etadi.
Yangi texnologiyalarga o‘tish ancha bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Biroq Norvegiya hukumati o‘z qarorida qat'iy turdi, radioeshittirishlarga ketadigan xarajatlarning keskin kamayishi va favqulodda holatlarda ham aloqaning yaxshiligi yangi texnologiyaning asosiy ustunligi sifatida ko‘rsatildi.
Raqamli radioeshittirishlarga o‘tish masalasi ikki yil avval Shvetsiyada ham muhokama qilingan edi, biroq bu borada yakuniy xulosaga kelinmagan va mavzu boshqa muhokamaga qo‘yilmagan.
Norvegiya FM-radiodan voz kechmoqda
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi
Ta’lim | 12:15
-
Pora bilan ushlangan MIB xodimi 6 yilga qamaldi
Jamiyat | 12:13
-
Tramp Putin bilan uchrashuv muvaffaqiyatsiz yakunlansa, sanksiyalardan voz kechmaydi – Grem
Jahon | 11:51
-
Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati pasayishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 11:42
Mavzuga oid

13:53 / 22.07.2025
Germaniya va Norvegiya Ukraina uchun havo mudofaasiga birgalikda to‘laydi

08:14 / 09.07.2025
Niderlandiya va Norvegiya Polsha osmonida patrullik qiladi

19:41 / 03.07.2025
Norvegiya ilk bor yadro xavfsizligi bo‘yicha strategiyasini taqdim etdi

16:03 / 17.05.2025